Yangiliklar
  • 16 02, 2026

Texnikum o‘quvchilari o‘rtasida seminar-trening o‘tkazildi

Texnikumda o‘quvchilar ishtirokida “Mening tanlovim — sog‘liq” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, to‘g‘ri hayotiy tanlov qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda zararli odatlardan ogohlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

 

Trening davomida interaktiv usullar qo‘llanildi:

“Kelajakdagi men” vizualizatsiya mashqi orqali o‘quvchilar o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yib, kelajak hayotini tasavvur qilishdi.
“Hayot tanlovi” metodikasi asosida esa turli vaziyatlar muhokama qilinib, to‘g‘ri va ongli qaror qabul qilish ko‘nikmalari mustahkamlandi.