Sirdaryo yuridik texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasining 2026-yil 4-martdagi 45-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo yuridik texnikumida o'quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv texnikum direktori Sardor Yangiboyev tomonidan o‘tkazilib, unda yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari va tashabbuslari tinglandi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqot jarayonida o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar va tashabbuslar haqida fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning taklif va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

11 03, 2026
11 03, 2026
11 03, 2026
11 03, 2026
11 03, 2026
11 03, 2026
11 03, 2026
11 03, 2026
11 03, 2026