Yangiliklar
  • 08 04, 2025

Jamoatchilik nazorati

❇️ Sirdaryo yuridik texnikumi o‘qituvchilari o‘z darslarini olib borish jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, o‘quvchilarga darslarning sifat va samaradorligini oshirish borasida muhim tajribalarni amalga oshirib kelmoqda.
✅ Ushbu darslarda qatnashib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or usullarni amalda kuzatish hamda jamoatchilik vakili sifatida o‘z fikr va mulohazalarini bildirishlari uchun 103-guruh o'quvchilarining bir guruh ota-onalari taklif etildi.
Shu bilan bir qatorda ular o'z farzandlarining darslardagi ishtiroki bilan ham tanishdilar.