Yangiliklar
  • 18 10, 2025

"Direktor kubogi – 2025" futbol musobaqasi!

Sirdaryo yuridik texnikumida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida futbol bo‘yicha "Direktor kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa 2025-yil oktyabr oyida texnikum hududidagi sport maydonida tashkil etildi. Unda turli guruhlardan tashkil topgan jamoalar o‘zaro bellashib, yuqori saviyada o‘yin namoyish etdilar.

Musobaqa davomida yosh futbolchilar o‘zlarining iqtidorlarini namoyon etib, jamoaviy o‘yin, fidoyilik va sport madaniyatini ko‘rsatishdi. Har bir o‘yin qizg‘in va murosasiz kechdi.

G‘oliblik quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin – 3-guruh
2-o‘rin – 5-guruh
3-o‘rin – 1-guruh

G‘olib jamoaga texnikum direktori tomonidan “Direktor kubogi” tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, barcha faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.