“Bir mahalla — bir kitob” aksiyasi
“Bir mahalla — bir kitob” aksiyasi doirasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash maqsadida Guliston shahar Taraqqiyot mahallasi aholisiga Sirdaryo yuridik texnikumi Axborot-resurs markazi fondidan mahallada "kitob burchagi" tashkil etish maqsadida badiiy adabiyotlar to'plami topshirildi.

Mahalla bilan hamkorlik aksiyaning samaradorligini oshirishda yordam beradi, aholini fikrlash, nutq madaniyati va ma'naviy dunyoqarashini kuchaytiradi. Mahalla "mutolaa muhitiga" aylanadi, bu esa butun jamiyat ma'naviy o'sishiga hissa qo'shadi.

Aksiya doirasida badiiy kechalar tashkil etilib tanlangan kitob bo'yicha fikr almashuv, bahs-mulohazalar va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish bo'yicha kelishib olindi.
25 10, 2025
25 10, 2025
25 10, 2025
25 10, 2025
25 10, 2025
25 10, 2025
25 10, 2025
25 10, 2025
25 10, 2025