Sirdaryo yuridik texnikumida yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida muhim targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish choralar hamda bugungi kunda yurtimizda bu borada olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Interaktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning huquqiy ongini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir yakunida yoshlar halollik, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillariga amal qilish, korrupsiyaga qarshi kurashishda faol bo‘lishga chaqirildi.
31 03, 2026
31 03, 2026
31 03, 2026
31 03, 2026
31 03, 2026
31 03, 2026
31 03, 2026
31 03, 2026
31 03, 2026