Yangiliklar
  • 03 04, 2026

Sirdaryo yuridik texnikumida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo  yuridik texnikumida "Yuridik xizmat" yo‘nalishi 102-guruh o‘quvchilari ishtirokida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
​"Professional ko‘nikmalar" fani doirasida o‘quvchilar omma oldida nutq so‘zlash sirlarini amalda sinab ko‘rdilar. Mashg‘ulot davomida bo‘lajak yuristlar:


​Auditoriya e’tiborini jalb qilish;
​ Qonuniy asoslarni ishonarli himoya qilish;
​ Notiqlik madaniyati va tana tili bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
​Dars qizg‘in bahs-munozaralar va amaliy keyslar bilan boy o‘tdi. Kelajak adolat posbonlari uchun muloqot san’ati — muvaffaqiyat garovidir!