SIRDARYODA “YOSH QUTQARUVCHI” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashabbusi bilan “Yosh qutqaruvchi” nomli musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli bellashuvda Sirdaryo yuridik texnikumining “Tinchlik posbonlari” jamoasi ham faol ishtirok etdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, tezkor qaror qabul qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini amalda namoyon etdilar. Shuningdek, turli sinovlar orqali o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va bilim darajasi sinovdan o‘tkazildi.

“Tinchlik posbonlari” jamoasi a’zolari musobaqa jarayonida o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini munosib tarzda namoyish etib, texnikum sha’nini himoya qildilar. Bunday musobaqalar yoshlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, ularda vatanparvarlik ruhini shakllantirish hamda hayotiy zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sirdaryo yuridik texnikumi jamoasi barcha ishtirokchilarga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
01 04, 2026
01 04, 2026
01 04, 2026
01 04, 2026
01 04, 2026
01 04, 2026
01 04, 2026
01 04, 2026
01 04, 2026