Yangiliklar
  • 09 02, 2026

“Navoiy yashaydi — millat yashaydi!”

Bugun buyuk mutafakkir va so‘z sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Sirdaryo yuridik texnikumida “Navoiyxonlik kechasi” tashkil etildi.

Tadbir davomida Alisher Navoiy ijodidan namunalar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda mutafakkirning boy adabiy-merosiga oid ma’ruzalar tinglandi.

✨ Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, yoshlar ongida milliy qadriyatlar va adabiyotga bo‘lgan e’tiborni yanada mustahkamladi.