Yangiliklar
  • 04 02, 2026

Sirdaryo yuridik texnikumida psixologik trening

Sirdaryo yuridik texnikumida o‘quvchi-qizlar ishtirokida psixologik trening tashkil etildi.

Trening davomida o‘quvchi-qizlarning shaxsiy va psixologik rivojlanishiga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Trening davomida quyidagi ko‘nikmalar rivojlantirildi:
emotsional holatni yaxshilash
ijobiy kayfiyatni ko‘tarish
o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash
jamoada erkin muloqot qilish

Mashg‘ulotlar interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilar faol qatnashdilar hamda trening ularda ijobiy taassurot qoldirdi.