Yangiliklar
  • 06 02, 2026

“Giyohvandlik — asr vabosi”

Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida texnikumimizda “Giyohvandlik — asr vabosi” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning jamiyat va yoshlar hayotiga yetkazadigan zarari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.

Maqsad — yoshlar ongida giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.